Rustam G‘afurov Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.
Chorshanba kuni yog‘gan kuchli yomg‘ir sabab Qashqadaryo viloyatining Kitob, Qamashi, G‘uzor va Dehqonobod tumanlaridagi ariqlar, lotoklar hamda boshqa suv o‘tkazish inshootlarida yig‘ilgan yomg‘ir suvlari toshib chiqdi. FVV aholi va xonadonlarga ziyon yetmaganini ma’lum qildi.
Joriy yilda Navoiy viloyatining Karmana, Qashqadaryoning Shahrisabz shahri va Kitob tumanida markaziy oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha olti yillik loyihalar boshlanadi. Ularning umumiy qiymati 119 mln yevroni tashkil etadi, shundan 105 mln yevrosi Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan kredit shaklida taqdim etilgan.
Kitob tumanidagi 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi endilikdagi sobiq direktori boshqa bir fuqarodan sport murabbiyi lavozimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 1,5 mln so‘m pora olgan vaqtida qo‘lga olingan. Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qashqadaryoning Kitob tumanida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi velosiped haydayotgan bobo va uning nabirasini urib yubordi. Oqibatda jabrlanuvchilarning ikkisi ham olgan jarohatlari sabab kasalxonada vafot etdi.
Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyida bolalar uchun sharoit yomonligi va uning talabga javob bermasligi aniqlangach, 2 may kuni mehribonlik uyidagi 65 nafar tarbiyalanuvchilarining 10 nafari yaqin qarindoshlari oilasiga, 55 nafari Qamashi tumanidagi 4-sonli mehribonlik uyiga ko‘chirildi.
Kitob tumani hokimiyati bolalar yomon sharoitda yashayotgan 5-sonli mehribonlik uyini bir yil avval yopish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bolalarni boshqa muassasalarga o‘tkazish va bu yerda bolalar shaharchasini tashkil etishni taklif qilgan.
Bolalar yomon sharoitda yashayotgan, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati o‘zgargani va chirigani, beton poldan iborat xonalar zaxligi aniqlangan Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi mehribonlik uyi viloyat ta’lim boshqarmasi tomonidan o‘rganildi. Muassasa direktori va ombor mudiri ishdan olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting